XONQA DON MAHSULOTLARI

АKTSIYADORLАR DIQQАTIGА!

“Xonqa don maxsulotlari” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarning navbatdagi umumiy yigʼilishi 2020 yil 27 mart kuni soat 11:00 da jamiyat maʼmuriy binosining 2-qavat majlislar zalida oʼtkaziladi.

        KUN TАRTIBI:

  1. Kuzatuv kengashining oʼz vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan hisoboti;
  2. Jamiyatning 2019 moliya-xoʼjalik yili yakunlari va yillik biznes rejaning bajarilishi toʼgʼrisida boshqaruv hisoboti;
  3. Taftish komissiyasining oʼz vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan xulosasi;
  4. Jamiyatning 2019 yil hisobotini tasdiqlash hamda foyda va zararlarni taqsimlash;
  5. Jamiyatning 2020 yilga moʼljallangan biznes rejasini tasdiqlash;
  6. Jamiyat Kuzatuv kengashi tarkibiga oʼzgartirishlar kiritish va uning yangi tarkibini saylash;
  7. Jamiyat taftish komissiyasi tarkibiga oʼzgartirishlar kiritish va uning yangi tarkibini saylash;
  8. Jamiyat boshqaruvi raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bir yilga uzaytirish;
  9. 2020 yil uchun auditor tashkilotini va uning xizmatiga toʼlanadigan xaq miqdorini chegarasini belgilash;
  10. Korporativ boshqaruv tizimini baxolash boʼyicha xulosa natijalarini koʼrib chikish;
  11. Jamiyat Kuzatuv kengashi, ijro organi va taftish komissiya aʼzolariga 2019 yil faoliyati uchun mukofot puli miqdorini belgilash;
  12. Tegirmon sexini demontaj qilib, maʼnan eskirgan asbob uskunalarni xisobdan chiqarish yaroqlilarini omborga qabul qilish va sotish, yaroqsizlarini metallomga topshirish;
  13. 2019 yil yakuni boʼyicha boshqaruv raisining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, sanoatda koorperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʼyicha direktorining hisobotini eshitish;
  14.  Jamiyat balansida ulushi bo‘lgan non, makaron, qandolat ishlab chiqarish va transport xizmati ko‘rsatuvchi korxonalardan tashqari, barcha turdagi korxonalar hamda bo‘sh turgan bino va inshoatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda sotish;
  15. Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasini a’zolarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi Nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
  16. Korxonani xaridlar jarayoning shaffofligini asosliligi, resurslaridan samarali foydalanilishi toʼgʼrisida tashki audit xulosasini koʼrib chiqish;
  17. Omuxta – yem sexi asbob uskunalarini demontaj va montaj qilish orqali sutkalik kuvvatini 150 tonnaga tushirish;

Jamiyatning navbatdagi umumiy yigʼilishini oʼtkazish toʼgʼrisida aktsiyadorlarni xabardor qilish uchun jamiyat aktsiyadorlari reestri yopilgan sana: 2020 yil 6 mart. Umumiy yigʼilishda ishtirok etish huquqiga ega aktsiyadorlari reestri yopilgan sana: 2020 yil 20 mart.

Аktsiyadorlarning navbatdagi Umumiy yigʼilishida qatnashish va ovoz berish huquqiga ega aktsiyadorlar oʼz shaxsini tasdiqlovchi xujjat, aktsiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma boʼlishi lozim.

Аktsiyadorlarni roʼyxatga olish soat 10:00 dan 10:45 gacha amalga oshiriladi.