XONQA DON MAHSULOTLARI

AKSIYADORLAR DIQQATIGA!

“Xonqa don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi 2022 yil 08 aprel kuni soat 11:00da jamiyat ma’muriy binosida o‘tkaziladi.

KUN  TARTIBI:

  1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi reglamentini kelishish.

2. Sanoq komissiyasi a’zolarining soni va tarkibini belgilash.

3. Jamiyatning 2021 yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari va 2021 yil biznes-rejasining bajarilishi yuzasidan boshqaruv raisining yillik hisobotini eshitish.

            4. Jamiyatning ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha hamda moliyaviy-faoliyat, mahsulot sotish va sotib olish masalalari bo‘yicha direktorlarining 2021 yil yakuni bo‘yicha hisobotlarini eshitish.

5. Jamiyatning 2021 yil moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yuzasidan taftish komissiyasining, tashqi auditorlik tashkilotining  hulosa bilan tanishib, muhokoma qilish, munosabat bildirish va 2022 yil natijalari bo‘yicha tashqi auditorlik tashkilotini tanlash.               

6. Korxonada xaridlar jarayonining shaffofligi asosliligi, shu jumladan, mahalliy mahsulotlarning sifat va narx bo‘yicha belgilangan parametrlarga muvofiqligini hisobga olgan holda import xaridlarini, shuningdek valyuta resurslaridan samarali foydalanilishi to‘g‘risida va moliyaviy faoliyat tahlili hamda samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (SMK, SYK) bajarilishi to‘g‘risida tashqi audit hulosalarini ko‘rib chiqib, munosabat bildirish.

7. Korporativ  boshqaruv kodeksi  talablariga  muvofiq,   
jamiyatda 2021 yil yakuni bo‘yicha mustaqil tashkilot  tomonidan  o‘tkazilgan korporativ faoliyatini baholash hulosasini eshitish.

8. Jamiyatning 2021 yil moliyaviy ko‘rsatkichlari yakuniy hisobotini, buxgalteriya balansini, foyda va zararlari hisob-varag‘ini, sof foyda taqsimotini va dividend hajmini shakllantirish masalalarini ko‘rib chiqib, munosabat bildirish;

9. Jamiyatning 2022 yilga mo‘ljallangan biznes-rejasini tasdiqlash.

10. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2021 yil yakuni bo‘yicha hisobotini eshitish;

11.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 sentyabrdagi 5723-sonli Farmoniga muvofiq jamiyatlar tomonidan tasdiqlangan Nizomga asosan kuzatuv kengashi, ijro organi va taftish komissiyasi a’zolarini moddiy rag‘batlantirishni kelishish;

12. Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolari va jamiyat taftish komissiyasi a’zolarini  saylash.           13. Jamiyat boshqaruv raisi bilan mehnat shartnomasini uzaytirish to‘g‘risida.

Jamiyatning navbatdagi umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestri yopilgan sana: 14 mart 2022 yil.

Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlari  reyestri yopilgan sana: 04 aprel 2022 yil.

         Aksiyadorlarning navbatdagi Umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish xuquqiga ega aksiyadorlar o‘z shaxsini tasdiqlovchi xujjat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.