XONQA DON MAHSULOTLARI

AKSIYADORLAR DIQQATIGA!

“Xonqa don maxsulotlari” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishi 2021 yil 25 mart kuni soat 11:00 da jamiyat ma’muriy binosining 2-qavat majlislar zalida o‘tkaziladi.

KUN TARTIBI:

   1. Kuzatuv kengashining o‘z vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan hisoboti;
   2. Jamiyatning 2020 yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari va yillik biznes rejaning bajarilishi to‘g‘risida boshqaruv hisoboti;
   3. Taftish komissiyasining o‘z vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan xulosasi;
   4. Jamiyatning 2020 yil hisobotini tasdiqlash hamda foyda va zararlarni taqsimlash;
   5. Jamiyatning 2021 yilga mo‘ljallangan biznes rejasini tasdiqlash;
   6. Jamiyat Kuzatuv kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish va uning yangi tarkibini saylash;
   7.Jamiyat taftish komissiyasi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish va uning yangi tarkibini saylash;
   8. Jamiyat boshqaruvi raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bir yilga uzaytirish;
   9. 2021 yil uchun auditor tashkilotini va uning xizmatiga to‘lanadigan xaq miqdorini chegarasini belgilash;
   10. Korporativ boshqaruv Kodeksi talablariga muvofiq jamiyatda 2020 yil yakuni bo‘yicha mustaqil tashkilot tomonidan o‘tkazilgan korparativ baxolash bo‘yicha xulosani tasdiqlash;
   11. Jamiyat Kuzatuv kengashi, ijro organi va taftish komissiya a’zolariga 2020 yil faoliyati uchun mukofot puli miqdorini belgilash;
   12. 2020 yil yakuni bo‘yicha boshqaruv raisining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, sanoatda koorperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha direktorining hisobotini eshitish;
   13. Korxonani xaridlar jarayoning shaffofligini asosliligi, resurslaridan samarali foydalanilishi to‘g‘risida tashki audit xulosasini ko‘rib chiqish;
   14.Davlat ro‘yxatidan chiqarilib, faoliyati tugatilgan yuridik shaxslarning ko‘p yillardan buyon undirilmasdan kelinayotgan umidsiz, muddati o‘tgan debitor karzdorliklarini, yuridik shaxs tugatilganligi haqidagi tegishli hujjatlarga asosan jamiyat balansidan chiqarish;

Jamiyatning navbatdagi umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reestri yopilgan sana: 2021 yil 1 mart. Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlari reestri yopilgan sana: 2021 yil 19 mart.

Aksiyadorlarning navbatdagi Umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish huquqiga ega aksiyadorlar o‘z shaxsini tasdiqlovchi xujjat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 10:00 dan 10:45 gacha amalga oshiriladi