Assalomu alaykum Qadrdonim! Siz yurtimizning yangilanish fasli baxor hamda ajoyib bayram «Navro’z» ayyomi bilan chin dildan qutlayman! Ushbu kunda sizni quvonch va shodlik tark etmasin! Yurtimiz O’zbekistonning yangi yilida yangi orzularingiz amalga oshishini tilab qolaman! Bugungi Navro’z ayyomini ko’tarinki kayfiyatda o’tkazishingizni tilab qolaman! Yana bir bor Navro’z ayyomi muborak bo’lsin!
Bahoringa biram yarashgan
Har insonga mehr ulashgan.
Sumalakka,halimga shoshgan
Navro’zingdan aylanay sening!
Gullolalar tizilgan marjon
Omonlikka yetsinda har jon.
Yuraklarda ajib hayajon
Navro’zingdan aylanay sening!
Zilol suvga to’lar ariqlar
Xush ifordan mastku borliqlar.
Qolib ketar ko’ngil og’riqlar
Navro’zingdan aylanay sening!
Sevaralar va Go’zaloylar
Ko’rinishar ochib chiroylar.
Maftunalar bayramni poylar
Navro’zingdan aylanay sening!
Iymoni but Imonaxonlar
Kutdi seni qumsab bahorlar.
Chechak ochdi so’lim naxorlar
Navro’zingdan aylanay sening!
Xush kelibsan yurtimga ko’klam
Olib kelding shodlikni to’plam.
Senla qarindoshlar jamuljam
Navro’zingdan aylanay sening!