Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi jamiyatning yuqori boshqaruv organidir.
Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi o’z ishini qonunchilik, jamiyat Ustavi va aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi to’g’risidagi nizomi asosida amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o’tkaziladi.
Aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishidan tashqari o’tkaziladigan Umumiy yig’ilishlari navbatdan tashqari yig’ilishlardir.
Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining vakolat doirasi qonunchilik va jamiyat Ustavida belgilinadi.