Davlat rahbari milliy san’atni tarannum etish, xorijliklarni jalb qilish maqsadida Xorazmda lazgi bo‘yicha xalqaro festival o‘tkazishni taklif etdi
Urganch shahrida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yaqin uch yilda umumiy qiymati 24 trillion so‘mlik 2 ming 736 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 50 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
https://kun.uz