“Xonqa don maxsulotlari”  AJda  30 aprel kuni “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.


 Hashar davomida korxonamiz hududlari, don qabul qilish maskanlari  tartibga keltirilmoqda. Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari faol olib borilmoqda. Umumxalq xayriya hashari doirasida korxonamiz ishchilari yanada faol qo‘llab-quvvatlandi. 

Yurtimizda jadal sur’atda olib borilayotgan “Yashil  makon” umummilliy loyihasi doirasida korxonamizda gul ko‘chatlari, manzarali va mevali daraxtlar ekish, oqlash ishlari amalga oshirildi.  

Umumxalq xayriya hashari doirasida ishlab chiqarish sexlari va ma’muriy binolardagi ish o‘rinlarini tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.  


Bir so‘z bilan aytganda, «Mahalla obodligi – yurt farovonligi» shiori ostida o‘tkaziluvchi umumxalq xayriya hashari korxonamiz ishchi xodimlarining ahilligi, hamjihatligining yana bir yorqin namunasi bo‘lishiga shubha yo‘q.