XONQA DON MAHSULOTLARI

JAMIYAT HAQIDA

Jamiyat to‘liq nomi
“XONQA DON MAHSULOTLARI” Aksiyadorlik jamiyati
Jamiyat joylashgan yeri
O‘zbekiston Respublikasi, 220800, Xorazm viloyati, Honqa tumani, Mulla-yop ko‘chasi, 64-uy
Jamiyat tarixi
1995 yil 19 sentyabr’ – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yildagi 22 aprel’ «O‘zdonmaxsulot» Davlat Konsernini «O‘zdonmahsulot” Davlat aksiyadorlik Korporatsiyasiga qayta tuzish to‘g‘risida»gi PF-840-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 23 fevraldagi «Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 88-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash qo‘mitasining 1995 yil 27 apreldagi 123-k-PO-sonli qaroriga asosan “Honqa don mahsulotlari” davlat korxonasi negizida “ Honqa don mahsulotlari» Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tashkil topildi.
Jamiyat faoliyatning maqsadi va sohasi (asosiy yo‘nalishlari)
Jamiyatning asosiy maqsadi umumho‘jalik faoliyatidan foyda olish hisoblanadi.
Jamiyat faoliyatining sohasi quyidagilardan iborat:
– un birinchi navli ishlab chiqarish va sotish
– omuxta yem tayyorlash va sotish;
– urug‘lik bug‘doyni tayyorlash va sotish;
– gurunch tayyorlash va sotish.
Ustav fondi
Jamiyat Ustav fondi 1 848 110 400 so‘mni tashkil qiladi hamda nominal qiymati 100 so‘m bo‘lgan 18 481 104 dona, shundan 18 323 548 dona oddiy va 157 556 dona imtiyozli aksiyalarga aksiyadorlar olgan aksiyalarga (joylashtirilgan aksiyalarga) bo‘lingan.
Tashkiliy tuzilmasi
Jamiyat yuqori boshkaruv organi – jamiyat aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishi.
Jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish boshqaruv organi (qonunchilik va jamiyat Ustavi bilan aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni xal etish bundan mustasno) – jamiyat Kuzatuv kengashi.
Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish boshqaruv organi – ijroiya organi Boshqaruv Raisi
Jamiyatning faoliyatini nazorat qiluvchi organlari – jamiyat Taftish komissiyasi (Taftishchi) va Ichki audit xizmati.
Infratuzilma
Jamiyat yer maydoni 19,85 gektarni tashkil kiladi. Jamiyat xududida ma’muriy binosi, laboratoriya, 48 ming tonnalik elevatori va boshqa infratuzilmaviy ob’ektlar mavjud.