AKSIYADORLAR DIQQATIGA!
«Xonqa don mahsulotlari» aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 2022 yil 11 iyul kuni soat 10:00da jamiyat ma’muriy binosida o’tkaziladi
KUN TARTIBI:
1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash to’g’risida;
2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi sanoq komissiyasi soni va shaxsiy tarkibini saylash to’g’risida;
3. Jamiyatning ustav kapitalidagi «O’zdonmahsulot» AKning aktsiyalar paketini ommaviy savdolarga chiqarilishini tashkil etish bo’yicha «loyiha ofisi»ni joriy etish va uning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi jamiyat boshqaruv raisi o’rinbosari lavozimini tashkil etish bo’yicha jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga tegishli o’zgartirish kiritish hamda tasdiqlash to’g’risida;
4. Jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga kiritilayotgan o’zgarishlardan kelib chiqib, korxona ichki normativ xujjatlariga tegishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida.
Jamiyatning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini o’tkazish to’g’risida aktsiyadorlarni xabardor qilish uchun jamiyat aktsiyadorlari reestri yopilgan sana: 17 iyun 2022 yil. Umumiy yig’ilishda ishtirok etish huquqiga ega aktsiyadorlari reestri yopilgan sana: 5 iyul 2022 yil.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida qatnashish va ovoz berish xuquqiga ega aktsiyadorlar o’z shaxsini tasdiqlovchi xujjat, aktsiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’lishi lozim.